21:33 / 17.12.2015
2937

Argentina pesosining dollarga nisbatan kursi valyuta cheklovlarining bekor qilinishi ortida 42,6 foizga tushib ketdi

Argentina pesosining dollarga nisbatan kursi 2011 yilda kiritilgan valyuta cheklovlarining bekor qilinishi ortida 42,6 foizga keskin tushib ketdi va 13,95 pesoni tashkil qildi.

Argentina hukumati bu cheklovlarni bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta operatsiyalari miqdori oyiga 2 mln dollarni, ya'ni 2011 yilgacha amal qilganidek bo‘ladi. Tijorat operatsiyalari uchun hech qanday cheklov bo‘lmaydi.

Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner davlatni boshqargan paytda mamlakatda aholi tomonidan dollar sotib olishga jiddiy cheklovlar kiritilgan edi. Xorijiy valyutani sotib olish huquqiga faqatgina xorijga chiqayotganlargina ega edi. Biroq buning uchun avval soliq idoralaridan tegishli ruxsat olish kerak edi. Kompaniyalar uchun ham xorijiy valyutaga ruxsat cheklangandi.

Argentina Markaziy banki valyuta zaxiralarida yetishmovchilikni to‘ldirish uchun hukumat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilari va xorijiy banklar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Argentina moliya vaziri Alfonso Prat-Gayning aytishicha, hukumat 4 hafta ichida 15-25 mlrd dollar jalb qilmoqchi. Ayni paytda Markaziy bank zaxiralari taxminan 25 mlrd dollarga baholanmoqda.

Top