12:07 / 17.12.2015
2507

BMT: Dunyodagi mehnat muhojirlari soni 150 milliondan ortiq

Bugungi kunga kelib dunyodagi mehnat muhojirlari soni 150 milliondan ortiqni tashkil etadi. BMTning maxsus bo‘limi Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotida qayd etilishicha, mehnat muhojirlarini qabul qilayotgan davlatlardagi muhojirlarning ish bajarish ulushi o‘sha mamlakatlar aholisi ulushidan ortadi.

"Mehnat muhojirlari soni 150,3 million nafarga yetgan (muhojirlarning umumiy soni 232 mln). Ulardan 83,7 mln nafari erkaklar, 66,6 mln nafari esa ayollar.

Mehnat muhojirlarining ularni qabul qilgan mamlakatlardagi ishchi qatlamidagi ulushi ortgan: 72,7 foizi muhojirlar, 63,9 foizi mahalliy aholi", deyiladi hisobotda.

"Bu tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, muhojirlarning aksar qismi o‘z vatanini boshqa yurtlardagi qulay sharoitlar tufayli tark etadi", deydi Xalqaro mehnat tashkilotining departamenti direktori Manuela Tomei.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mehnat muhojirlarining asosiy qismi (106,8 mln) xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlaydi. 26,7 mln nafar mehnat muhojiri esa sanoat va qurilish sohasida, 16,7 mln kishi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Mehnat muhojirlarining 48,5 foizlik qismi Shimoliy Amerika va Yevropa hududiga to‘g‘ri keladi.

Top