18:23 / 17.12.2015
5109

Futbolchi: Klopp biroz telbaroq

"Vest Bromvich" jamoasi hujumchisi Jyeyms Maklin APLning 16 turi doirasida "Liverpul" jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘yindan keyin mersisaydliklar murabbiyi Yurgen Klopp haqida ayricha fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uning fikricha, Angliyada Yurgen Kloppni biroz telbaroq hisoblay boshlashdi.

Shu bilan birgalikda, futbolchining o‘zi germaniyalik mutaxassisni ancha vaqtdan beri hurmat qilib kelganini bildirgan.

Hujumchi "Liverpul" murabbiyining "Vest Bromvich" bilan o‘yin vaqtida o‘zini juda hissiyotga berilgan holda tutganini eslagan. O‘yin oxirida esa Klopp "Vest Bromvich" bosh murabbiyi Toni Pyulis bilan qo‘l berishib xayrlashishni unutgandi.

"Men bu insonni hurmat qilaman. U "Borussiya"da juda ajoyib faoliyat ko‘rsatdi. Lekin uning biroz telbaroq ekanini ham istisno qilib bo‘lmaydi. U o‘zini bu darajada tutmasligi kerak edi. Yutqazsang ham, ochkodan quruq qolsang ham, raqibga hurmat saqlash kerak", deydi Maklin FP nashri orqali.

Top