15:04 / 17.12.2015
5265

Hindistonda aviakompaniya texnik xodimi samolyot dvigateliga urilib halok bo‘ldi

Air India aviakompaniyasi texnik xodimi Mumbaydagi aeroportda, reaktiv samolyot ishlab turgan dvigatelga urilishi natijasida halok bo‘lgan. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, samolyotning ikkinchi uchuvchisi samolyot dvigatelini harakatga keltirishga qaror qilgan. Bu paytda texnik xodim dvigatel yonida samolyotga texnik xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lgan.

Mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari holatni baholash va aybdorni aniqlash bo‘yicha tergov ishlarini boshlab yuborgan.

Top