11:36 / 17.12.2015
5940

Jyerom Boateng Ginness rekordlar kitobiga kirdi

"Bavariya" jamoasi himoyachisi Jyerom Boateng nomi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, Boateng Bundesligada mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha rekord o‘rnatgani evaziga bunga erishgan.

Boateng 2012 yilning 3 noyabridan 2014 yilning 19 dekabriga qadar o‘tkazilgan Bundesliga o‘yinlarida "Bavariya" bilan 56ta o‘yindan iborat uzluksiz mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazgan.

Avvalroq "Bavariya"ning boshqa futbolchisi — hujumchi Robert Levandovski Ginnesi rekordlar kitobiga kirib, 4ta sertifikatni olgandi.

U eng tezkor xet-trik (3 daqiqayu 22 soniya), eng tezkor poker (5 daqiqayu 42 soniya) va eng tezkor penta-trik (8 daqiqayu 59 soniya) va zaxiradan maydonga tushib, Bundesliganing bitta o‘yinida eng ko‘p gol urgan futbolchi (5) bo‘lgan.

Top