11:08 / 17.12.2015
3771

Kreml: Xodorkovskiyning bayonotlarini kuzatmoqdamiz

Kreml YuKOSning sobiq rahbari, bugungi kunda esa muxolif siyosatchi bo‘lgan Mixail Xodorkovskiyning bayonotlarini kuzatib, ularning mazmuni yuzasidan davlat rahbariga hisobot yetkazib turibdi. Bu haqda 17 dekabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

“Bu bayonotlar OAVda yoritilishi bilan biz, tabiiyki, ularni qayd qilib boramiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.
Ta'kidlanishicha, bu bayonotlar kunning yangiliklari qatorida prezidentga yetkaziladi.
Peskov Xodorkovskiyning fikrlarini batafsil izohlashdan bosh tortib, “u vatanida ko‘pdan beri yashamaydi va amalda reallikdan uzilib qolgan” deyish bilan cheklandi.

“Mamlakatimiz tarixida bir guruh odamlar Jyenevada o‘tirib vatanni qo‘msaganlari va bu yerda biror nimani o‘zgartirishni orzu qilganlari ko‘p bo‘lgan. Bu odatda yaxshilik bilan tugamagan”, - qo‘shimcha qildi Peskov.

Top