12:48 / 17.12.2015
3648

Oq Uy: Yaponiya AQShning harbiy kontingentini saqlashga har yili 1.6 mlrd dollar sarflaydi

AQSh Yaponiya bilan ushbu mamlakatdagi o‘z harbiy kontingentining 2016-2020 yillarda moliyalashtirilishi borasida kelishuvga erishdi. AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi bergan bayonotga ko‘ra, keyingi besh yil mobaynida Yaponiya hukumati bu maqsadlarga har yili o‘rtacha 1.6 mlrd dollardan ajratib boradi.

Yaponiya g‘aznasi mablag‘lari AQSh harbiy bazasini ta'minlashga, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar va mahalliy ishchilar maoshlariga sarflanadi, deb tushuntirdi amerikalik diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “xo‘jayin davlatning moliyaviy ko‘magi Yaponiyada AQSh harbiy bazasini saqlab qolishga yordam beradi”, bu baza esa, o‘z navbatida, “xavfsizlik kafolatidir” hamda AQShning “Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga ko‘proq e'tibor qaratish bo‘yicha rejalariga muvofiq keladi”.

Top