10:50 / 17.12.2015
4236

O‘zbekiston terma jamoasining Moldova bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Moldovaga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi. Bu haqda championat.asia saytida xabar qilingan.

25 noyabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining matbuot xizmati tomonidan ushbu terma jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvi 2016 yilning 9 fevralida Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilingan edi.

Biroz o‘tib, O‘zbekiston terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida federatsiya matbuot xizmati xabarini inkor etib, bunday o‘yin haqida bilmasligini bildirgan.

Endi ma'lum bo‘lishicha, O‘FF fevral oyida BAAda yig‘in o‘tkazishga qaror qilgan.

Moldova esa birgina O‘zbekiston bilan o‘yin BAAga borishni istamagan va bahs bekor qilingan.

Moldova futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Ion Testemitsanu bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

"Biz 9 fevral kuni O‘zbekiston bilan o‘ynamoqchi edik. Ruminiya bilan 4 yoki 5 fevral kuni o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqchi bo‘ldik. Uchrashuvlar Antaliya shahrida o‘tkazilishi kerak edi. O‘FF yig‘inni BAAda o‘tkazishga qaror qildi. Bizning Federatsiyada BAAga bitta o‘rtoqlik uchrashuvi uchun borish uchun pul yo‘q" - degan u moldliga.com saytiga.

O‘FF matbuot xizmati bu o‘yin qoldirilgani haqida rasman ma'lumot bermagan.

Top