14:31 / 17.12.2015
3801

Peskov: Su-24 voqeasi tufayli Turkiya bilan munosabatlarimiz buzilganidan afsusdamiz

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Su-24 samolyotining urib tushirilishi bilan bog‘liq voqea Rossiya va Turkiya munosabatlarining buzilishiga olib kelganidan afsusda ekanligini ta'kidladi.

“Bu o‘rinda uzoq o‘n yilliklar mobaynida juda pishiq poydevori qurilgan ikki o‘rtadagi iliq munosabatlarning bu qadar buzilgani yuzasidan faqat afsusda ekanligimizni aytishimiz mumkin”, - dedi u “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Top