15:43 / 17.12.2015
17540

Putin Erdo‘g‘an uchun javob bermaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.

“Vesti v subbotu” teledasturi boshlovchisi Sergey Brilyovning Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an vaziyatni o‘nglash uchun nima qilishi kerakligi haqidagi savolga javob berarkan, Putin uning o‘rniga javob berishni istamasligini ta'kidladi.

“Men boshqa shaxslar, boshqa davlatlar rahbarlari uchun javob berishni istamayman. Agar zarur deb bilishsa, o‘zlari bu ishni qilsin”, - dedi u.

Top