16:03 / 17.12.2015
9957

Putin keyingi yili Ukraina bilan munosabatlar yomonlashishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir Rossiyaning barcha markaziy kanallari orqali efirga uzatilmoqda.
Ukraina haqidagi savolga javob berarkan, Putin ikki davlatning iqtisodiy munosabatlarini 2016 yilda yanada keskinlashishi mumkinligini aytdi.

“1 yanvardan, afsuski, Ukraina bilan iqtisodiy munosabatlarning yomonlashishini kutmoqdamiz, negaki Ukraina bilan MDH erkin savdo zonasi a'zosi sifatida ishlashni to‘xtatish haqida qaror qilishga majbur bo‘lamiz”, - ta'kidladi Rossiya rahbari.

Top