20:41 / 17.12.2015
2577

Qirg‘iziston va Xitoy hamkorlik haqida 5 ta qo‘shma hujjat imzolashdi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyevning 14-17 dekabr kunlari Xitoyga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida bir qator qo‘shma hujjatlar imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Temir Sariyev va Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning uchrashuvi natijalari bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolandi:

- qo‘shma kommyunike;
- Qirg‘iziston ta'lim va fan vazirligi va Xitoy ta'lim vazirligi o‘rtasida ta'lim sohasida hamkorlik qilish haqidagi kelishuv;
- Qirg‘iziston madaniyat, axborot va sayyohlik vazirligi va Xitoy madaniyat vazirligi bilan 2016-2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Qirg‘iziston Milliy banki va Xitoyning bank faoliyatini tartibga solish komissiyasi o‘rtasida inqirozni boshqarish sohasida hamkorlik haqidagi bayonot;
- Qirg‘iziston hukumati va “Trans-Kirgiz gaz Payplayn Kompani Limited” o‘rtasida investitsion kelishuv.

Top