01:05 / 17.12.2015
17337

Qodirov: turklar men haqimda uydirma o‘ylab topishdi va buni hamon muhokama qilishyapti

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov turk OAVda unga suiqasd qilingani haqidagi axborotlarni inkor etdi. Bu haqda Checheniston hukumati ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Buni qarangki, Turkiya telekanallari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, Moskvaga tashrifim chog‘ida menga suiqasd qilishganu, meni og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizishgan. Bu axborot hech qanday asosga ega emas. Bu turli OAV tarqatayotgan uydirma. Ular hozirgacha bu xabar bosilgan gazetalarini adadlab chiqarib yotishibdi va bu mavzuni muhokama qilishyapti”, — dedi Qodirov.

Bunday xabarlarning tarqatilayotganiga asos bor. Chunki u Su-24 voqeasi bo‘yicha o‘z qarorida qat'yi turibdi. Bu fikrni Checheniston rahbarining shaxsan o‘zi ta'kidlab o‘tgan.

Top