19:10 / 17.12.2015
2379

Saipro: O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari investitsiyalari hajmi 21 foizga ortdi

Saipro axborot-reyting agentligining ta'kidlashicha, oxirgi 3 yil davomida O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarida investitsiyalar hajmining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.

Jumladan, 2013 yilning 9 oyi mobaynida investitsiyalar hajmi 16.5 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2014 yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 19.9 foizga, joriy yilning shu davrida esa 21 foizga teng bo‘ldi.

Investitsiyalar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2015 yilning uch choragi yakunlariga ko‘ra ko‘chmas mulkdan boshqa barcha investitsiya obektlariga kiritmalar hajmi o‘sgan. Ko‘chmas mulk investitsiyalari 7 foizga qisqarib, 27.1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Investitsiyalarning eng katta ulushi esa an'anaviy ravishda depozitlar va qimmatbaho qog‘ozlarga to‘g‘ri kelgan. Hisobot davrida depozitlarga kiritmalarning o‘sishi 22 foiz bo‘lib, 335 mlrd so‘mga yetgan. Qimmatbaho qog‘ozlarga kiritmalar 21 foizga o‘sib, 288.4 mlrd so‘m bo‘lgan.

Boshqa investitsiyalarda maksimal o‘sish kuzatilib, ular 5.9 barobarga o‘sgan va 6.4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Top