14:52 / 17.12.2015
4313

Shevchenko «Chelsi»da ish boshlashi mumkin

Angliyaning «Chelsi» klubi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko londonliklar rahbariyatidagi lavozimlaridan birini egallashi mumkin.

39 yoshli ukrainalik sobiq futbolchi oxirgi vaqtlarda «Chelsi» ishtirokidagi o‘yinlarni jamoa xo‘jayini Roman Abramovich bilan kuzatib bormoqda. Shevchenko klubda direktor lavozimida ish boshlashi mumkin.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Shevchenko Joze Mourino jamoani tark etgan taqdirda klub bosh murabbiyligini ham o‘z qo‘liga olishi mumkin. Bunday vaziyatda «Chelsi»ni vaqtinchalik Marchello Lippi boshqarib turishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko «Chelsi» safida 2006 yildan 2009 yilga qadar to‘p surgan.

Top