10:49 / 17.12.2015
5840

Statistika agentligi: Tojikistonda yashash ilgarigidan xavfli bo‘lib qoldi

Joriy yilning 11 oyi mobaynida Tojikistonda 4.9 ming og‘ir jinoyatlar qayd qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17.9 foizga ko‘proqdir.

Xususan, Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligining ma'lum qilishicha, o‘g‘riliklar 33.5 foizga, shu jumladan, xonadonlardagi talonchilik holatlari 27 foizga ko‘proq qayd qilindi.

Firibgarlik holatlari 20.5 foizga, bosqinchilik 7.5 foizga, qotilliklar 5.9 foizga, poraxo‘rlik 5.2 foizga, odam olib qochish 10 foizga ko‘paygan.
Hisobot davrida iqtisodiy jinoyatlar soni 2.8 ming martani tashkil qilib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4.5 foizga ko‘proqdir.

Top