18:38 / 17.12.2015
3425

TIVda bo‘lajak O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari yuzasidan fikr almashildi

17 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, avvalo O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening 2015 yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralari jarayonida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning ayrim jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda turli darajadagi bo‘lajak O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining jadvali va ularning kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Top