08:12 / 17.12.2015
3138

Yaponiyalik ayollarga nikohdan keyin o‘z qizlik familiyalarida qolish taqiqlandi

Yaponiya Oliy sudi yapon ayollariga turmush qurishganlaridan keyin ham o‘z qizlik familiyalarida qolishni man qilib qo‘ydi. Bu haqda The Japan News nashrida yozilgan.
Sudning fikricha, er-xotinlar bitta familiyada bo‘lishi kerak, bu ularning yagona oila ekanini bildirib turadi.

Bundan oldinroq, ayollarga ajrashgandan keyin yarim yil davomida qayta turmushga chiqishni taqiqlovchi 1898 yildagi qonun Yaponiya Oliy sudi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topilgani xabar qilingandi.

Nashrning yozishicha, bu vaqtgacha amalda bo‘lgan qonun bolalarning otasi kimligi haqidagi bahslarga chek qo‘yish uchun joriy qilingandi. Chunki, ayollar ajralishdan keyingi yarim yil ichida turmush qurishsa va farzand ko‘rishsa, uning otasi kim ekani aniq bo‘lardi.

Tomonlar otalikni belgilashning zamonaviy metodlari mavjudligini hisobga olgan holda eski qonunni bekor qilishdi.

Top