14:24 / 17.12.2015
2510

Yoaxim Lyov «Bavariya»ga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Myunxenning «Bavariya» klubini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoriga kiritilgan.

Münchner Merkur nashrining yozishicha, agar yozda Xosep Gvardiola jamoani tark etgan taqdirda myunxenliklar aynan Lyovni bu o‘ringa taklif etishni rejalashtirmoqda.

Manbada berilgan xabarga ko‘ra, 55 yoshli nemis mutaxassis tayinlanishi mumkin bo‘lgan yangi lavozimi bo‘yicha klub sardori Filipp Lam bilan muzokara olib borishi mumkin.

Lyovning Nemis futbol ittifoqi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha mo‘ljallangan, ammo terma jamoa Yevro-2016 musobaqalarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan taqdirda Lyov jamoani tark etishi mumkin bo‘ladi.

Top