08:45 / 18.12.2015
7281

“Uyda yolg‘iz” yulduzi Makoley Kalkin o‘z qahramonining ulg‘aygan paytdagi obrazini ijro etadi

Mashhur “Uyda yolg‘iz” komediyasining bosh qahramoni, ikki jinoyatchiga qarshi bir o‘zi kurashuvchi bolakay Kevin Makkalister rolini ijro etgan Makoley Kalkin o‘z qahramonining ulg‘aygan paytdagi obrazida yangi “:DRYVRS” (“Haydovchilar”) veb-serialining birinchi qismida paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda NME nashri.

Ta'kidlanishicha, serialda Kalkin qahramonining ismi aytilmasa ham, aktyor yoshligida kattalar tomonidan unutilib, uzoq vaqt yolg‘izlikda qolib ketgani tufayli jiddiy ruhiy jarohat olgan qahramon rolini ijro etadi.

Nashrning ta'kidlashicha, serialda yangi taklif qilingan aktyor bosh qahramon foydalanadigan onlayn taksi xizmatining navbatdagi haydovchisi rolini ijro etadi.

Rejissyor Kris Kolambusning “Uyda yog‘liz” komediyasida o‘shanda 10 yosh bo‘lgan Kalkin Rojdestvo bayramida bir o‘zi uyda unutib qoldirib ketilgan bolakay rolini ijro etgandi. 2015 yilda Kalkin 35 yoshini qarshiladi.

Top