19:52 / 18.12.2015
12805

«Chelsi» futbolchilari Mourinoning oxirgi mashg‘ulotida mushtlashib ketdi

«Chelsi» klubi futbolchilari 17 dekabr kungi mashg‘ulot vaqtida mushtlashib ketishgan.

The Times xabariga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachi Sesk Fabregas jamoadoshlaridan birining oyog‘iga qattiq "podkat" tashlagan va futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv boshlangan.

Aynan qaysi futbolchilar bir-biri bilan mushtlashgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.
Voqea joyiga murabbiylar shtabi a'zolari yetib kelgach, janjal to‘xtagan.

Aytish kerakki, bu «Chelsi»ning Joze Mourino boshchiligidagi so‘nggi mashg‘uloti paytida ro‘y bergan.

Jamoa murabbiyni kecha uzoq vaqt kutilganidek iste'foga chiqargandi.

Uning o‘rniga mavsumning qolgan qismida Gus Xiddink «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.

Ayni vaqtda londonliklar jamoasi 16-tur o‘yinlaridan keyin 15 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 16-o‘rinida joylashgan. Jamoa 17-turni "Sanderlend"ga qarshi o‘tkazadi.

Top