20:57 / 18.12.2015
2865

Gretsiyalik tennischi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun bir umrga diskvalifikatsiya qilindi

Gretsiyalik tennischi Aleksandros Yakupovichga nisbatan bir umrlik diskvalifikatsiya qo‘llandi. Tennis Integrity Unit tashkiloti saytida ma'lum qilinishicha, u kelishilgan o‘yinlardagi ishtiroki uchun jazolangan.

34 yoshli sportchi 5ta holatda kelishilgan o‘yinda ishtirok etganini tan olgan.

Yakupovich 2008 yilda ATP tasnifiga ko‘ra 267 o‘rinda qayd etilgandi. U joriy yilgi mavsumda ham Chellenjyer turkumidagi 2ta musobaqada ishtirok etgan va ikki turnirni ham ilk o‘yindan keyinoq tark etgan.

Tennis Integrity Unit 2008 yilda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF), Professional tennischilar uyushmasi ATP va Ayollar tennisi uyushmasi (WTA) ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi tennis sportidagi kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash hisoblanadi.
2014 yilning iyunida ushbu tashkilot rossiyalik tennischi Andrey Kumantsovga ham umrbod diskvalifikatsiya qo‘llagandi.

Top