18:22 / 18.12.2015
5256

Noyob Land Rover Defender avtomobili 549 ming yevroga sotildi

Ikki million nusxada chiqarilgan noyob yo‘ltanlamas Land Rover Defender Bonhams savdo uyida tashkil qilingan auksionlarda sotildi. Avtomobilning yakuniy summasi 400 ming funtni tashkil qilgan (ekvivalent narxi 549 ming yevro). 

Autocar nashrining xabar berishicha, savdo 20 ming funtdan (27 ming yevro) boshlangan va tez orada 200 ming (274 ming yevro) funtlik dovonni bosib o‘tgan. 400 ming funtlik taklifni Defender markasi uchun nomi ma'lum qilinmagan qatarlik xaridor tomonidan berilgan.

Auktsiondagi mashinalar sotuvidan tushgan daromadning barchasi xayriya maqsadida sarflangan. Mablag‘ning ma'lum qismi «Xalqaro qizil xoch va qizil yarimoy jamiyati» (IFRC) va hayvonlarni muhofaza qilishga qaratilgan Born Free Foundation jamg‘armasi hisobiga o‘tkazib berilgan.

Land Rover ikki million nusxadagi Defender markasini iyun oyida taqdim etgandi. Kompaniya Defender markali yo‘ltanlamasni 67 yildan buyon chiqarib kelgan va dekabr oyidan boshlab mazkur modelni ishlab chiqarish to‘xtatilgandi.

Top