15:13 / 18.12.2015
9968

OAV: IShID Iroq shimolida oxirgi 5 oy ichidagi eng yirik hujumni amalga oshirdi

IShID jangarilari Shimoliy Iroqda oxirgi 5 oy ichidagi eng yirik hujumni amalga oshirdi. The New York Times nashrining saytida xabar qilinishicha, jangarilar hududdagi kurdlarning pozitsiyalariga hujum amalga oshirgan.

Ma'lum qilinishicha, jangarilar kurdlarning Bashika tumanidagi lagerlariga va "peshmerglar" nazoratidagi hududlariga hujum qilishgan.

Shuningdek, Narvan va Tal-Asvad aholi punktlariga yaqin hududlarda hujum amalga oshirilgan. Har bir hujumda 120 nafardan jangari ishtirok etgan.

IShIDning bu keng ko‘lamli hujumlari AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning aviatsiyasi yordamida bartaraf qilingan.

Pentagon vakillari xabariga ko‘ra, jami aviatsiya zarbalari orqali 180 nafar atrofidagi jangari yo‘q qilingan. Shuningdek, peshmerglar bilan to‘qnashuvlarda 100 nafar atrofidagi jangari o‘ldirilgan.

AQSh Armiyasi generali Mark Odom aytishicha, ushbu hujumlar shu yilning iyulidan buyon Shimoliy Iroqda IShID tomonidan amalga oshirilgan "eng yirik hujum" bo‘ldi.

Uning fikricha, jangarilar bu orqali G‘arb koalitsiyasi va kurd harbiylarining ittifoqini uzib qo‘yishni maqsad qilishgan.

Top