16:44 / 18.12.2015
4577

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Yangi yil sovg‘asi sifatida Moskvaga qatnovlarga maxsus pasaytirilgan tariflarni joriy qiladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yo‘lovchilarga Yangi yil sovg‘asi sifatida O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga amalga oshiriladigan qatnovlarga maxsus pasaytirilgan tariflarni joriy qiladi.

Kompaniya axborot xizmatining ma'lum qilishicha, tariflar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Namangan va Andijon shaharlaridan Moskvaga yo‘l olganlar uchun amal qiladi.

Maxsus tarif muddati 2016 yilning 31 martigacha belgilangan.

Termiz—Moskva yo‘nalishida bir tomonga minimal tarif – 118 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 246 yevroga teng.

Boshqa shaharlarda bir tomonga minimal tarif – 109 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 224 yevro.

Pasaytirilgan tariflar bo‘yicha aviachiptalarni sotish boshlandi va 2016 yilning 20 yanvariga qadar davom etadi.

Top