11:22 / 18.12.2015
3195

Pekin hukumati tarixda ikkinchi marta smog tufayli xavfning “qizil” darajasini e'lon qildi

18 dekabr kuni Pekin hukumati yaqin uch kun ichida havo sifatining yomonlashgani sababli eng yuqori - “qizil” xavf darajasini e'lon qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, bunday daraja rang shkalasi joriy etilganidan buyon ikkinchi marotaba qabul qilindi. Ilk marotaba qizil xavotir signali 2015 yilning dekabr oyi boshida bir necha kunga e'lon qilingan edi.

Pekin meteorologiya xizmati murojaatida ushbu davr mobaynida aholining avtomobillardan foydalanishi taqiqlangani qayd etilgan. Shuningdek, maktablardagi mashg‘ulotlarni bekor qilish ham taklif qilingan.

Avvalroq o‘pkaga kirib, respirator va allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan PM2,5 zarralarining havodagi konsentratsiyasi kubometrga 560 mikrogrammni tashkil etgani xabar qilingan edi. Shenchjenlik rassom Pekinda 100 kun turib, kuchli changyutkich yordamida havodan chang zarralarini to‘plab, ulardan “smogli g‘isht” yasagan edi.

Top