23:02 / 18.12.2015
3122

Sony quvvatni 40 foiz uzoqroq ushlaydigan batareya yaratish ustida ish olib bormoqda

Yaponiyaning Nikkei sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Sony kompaniyasi mutaxassislari avvalgi o‘lchamlarni saqlab qolgan holda 40 foizga ko‘proq energiya to‘playdigan litiy-ionli akkumulyatorning yangi turini yaratmoqda. Sony buning uddasidan chiqishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi, chunki aynan Sony hozirda barcha mobil qurilmalarda ishlatiluvchi litiy-ionli akkumulyatorni yaratgan.

Sony’ning yangi akkumulyatorlarida oltingugurt ishlatiladi, biroq mavjud namunalarda bu modda juda tez ishdan chiqadi, shuning uchun mutaxassislar uning ishlash vaqtini 10 ming marta uzaytirish usulini o‘ylab topishlariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, kompaniya akkumulyatorlardan litiyni chiqarib tashlamoqchi va uning o‘rniga magniy ishlatmoqchi, bu ham to‘planadigan quvvatning ko‘payishiga olib keladi (bundan tashqari, magniy litiydan arzonroq turadi, sekinroq yaroqsiz holatga keladi va juda qizib ketganda portlamaydi).

Akkumulyatorlar sig‘imdorligini jiddiy ko‘paytirilishini kamida 2020 yilgacha kutishga to‘g‘ri keladi. Bungacha Sony kompaniyasi Xperia Z10 smartfonini yaratib bo‘ladi.

Top