Toshkent davlat agrar universiteti mutaxassislari Seleksiya, urug‘chilik va paxta yetishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hodimlari hamkorligida «su-1001» nomli yangi paxta navini taqdim etishdi.
«Jahon» AA yozishicha, kelgusi yil yangi nav ekilgan maydonlarni kengaytirish rejalashtirilgan.
Yangi nav 2011 yildan buyon sinovdan o‘tkazilmoqda. U tez pisharligi va hosildorligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi.
O‘simlikning yangi naviga Surxondaryo viloyatidagi dalalarda ishlov berish taklif etilmoqda. Elita-urug‘chilik ishlari mazkur viloyatdagi «Surxon» tajriba xo‘jaligida olib borilmoqda.