18:37 / 18.12.2015
2052

Volkswagen menejyerlarining yarmi ishdan bo‘shatildi

Volkswagen konserni «dizel mojarosi»dan keyin korxona strukturasini qaytadan tuzib chiqish davomida boshqaruv lavozimlarida ishlagan xodimlarining deyarli yarmini ishdan bo‘shatdi. Shu bilan birgan korxona bir necha yangi xodimlarni rahbarlik lavozimiga tayinlagan.

Unga ko‘ra, Volkswagen ning qayta ishlash va tadqiqot bo‘limiga Ulrix Ekxorn rahbarlik qiladi. U 2000 yildan 2003 yilga qadar mazkur lavozimda ishlagan.

Yangi shef-dizayner lavozimiga esa Mixael Mayer tayinlandi. Savdo ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limga Fred Kappler, ishlab chiqarish bo‘limiga Volframa Tomaslar tayinlandi.

Top