19:31 / 18.12.2015
7706

Yamandan Saudiya Arabistoni hududiga 2ta ballistik raketa uchirildi

Yaman hududidan ikkita ballistik raketa Saudiya Arabistoni hududiga uchirilgan. Bu haqda SkyNewsArabia xabar bergan.

Raketalardan biri Saudiya Arabistoni raketadan mudofaa tizimi orqali yo‘q qilingan. Ikkinchi raketa esa Najran shahridan uzoq bo‘lmagan hududga tushgan.

Hozircha jabrlanuvchilar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.

Khabar agentligi xabariga ko‘ra esa Saudiya Arabistoni Yamandagi aholi turar joylari va shifoxonaga havo zarbalarini berishi oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan.

Bundan oldinroq, Saudiya Arabistoni va Yamandagi husiychilar o‘rtasida 15 dekabrdan boshlab tinchlik sulhi amal qilishi haqida xabar berilgandi.

Top