18:38 / 19.12.2015
7940

Chirchiqlik dugonalar 2 yil davomida qalbaki diplom bilan maktabda dars berib kelishdi

Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida joylashgan maktablardan birida yaqinda o‘qishni bitirib kelgan ikki qiz 2 yil davomida qalbaki diplom bilan dars berib kelgani aniqlandi. Bu haqda “Na postu” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Nargiza va Oygul Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogik universitetining boshlang‘ich ta'lim fakultetiga o‘qishga kirgan. Ikkinchi kursda ular turmushga chiqqan, to‘rtinchi kursga kelib esa farzand tarbiyasi bilan ovora bo‘lib qolib, o‘qishga ulgurmagan.

Shunda Sardor ismli dekanat xodimi ulardan ma'lum miqdorda pul olib, soxta diplomlar tayyorlab bergan. Bu diplomlar bilan qizlar Chirchiqdagi o‘zlari o‘qigan maktabga boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi sifatida ishlay boshlagan.
Ammo oradan vaqt o‘tib, sir fosh bo‘ldi. Endilikda Nargiza, Oygul va Sardor tergov qilinmoqda.

Top