12:55 / 19.12.2015
5344

Internet tahdidlaridan himoyaga bag‘ishlangan kitob “Yilning eng yaxshi kitobi” tanlovida g‘alab qozondi

“Movarounnahr” nashriyoti tomonidan yaqinda chop etilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitob mutaxassislar tomonidan ma'naviy xurujlardan yoshlarni himoya qilishga qaratilgan ilk o‘quv qo‘llanma sifatida e'tirof etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu kitob O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi kitobi” respublika ko‘rik tanlovida birinchi darajali Diplom bilan taqdirlandi. Mazkur tanlovda joriy yilda nashr etilgan ko‘plab adabiyotlar orasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” nashriyotida chop etilgan kitobning birinchi o‘rinni olishi hammamizga quvonch va iftixor bag‘ishladi.

“Mazkur kitob kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni turli yot oqimlar, buzg‘unchi kuchlar va ommaviy madaniyatning salbiy ta'sirlaridan himoya qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Zero, unda farzandlarimizning komil inson bo‘lib yetishishi uchun foydali, eng to‘g‘ri va juda muhim ma'lumotlar jamlangan”, - deyiladi xabarnomada.

Top