16:42 / 19.12.2015
8106

Kerri: AQShda Su-24 halokatiga oid ma'lumotlar bor

AQSh davlat kotibi Jon Kerri “Vesti v subbotu” ko‘rsatuvi boshlovchisi Sergey Brilyovga bergan intervyusida Vashington qo‘lida Rossiyaning Su-24 samolyoti halokati bilan bog‘liq ma'lumotlar borligini ta'kidladi. Shu bilan birga, bo‘lgan voqeaning detallari noma'lumligicha qolayotgani tan olindi.

“Turkiya samolyotlari va Rossiya samolyoti bilan nimalar bo‘ldi? Biz detallarni bilmaymiz. Bizning radarimiz muayyan ma'lumotlarni to‘pladi, biz bo‘lgan voqealarni tushunmoqdamiz. Lekin hozir rasmiy jarayon davom etmoqda, axborot almashinuvi ketmoqda, va men kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lmay turib xulosa qilishni istamagan bo‘lardim”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Top