14:13 / 19.12.2015
3770

LG’ ning ikkitalik "Eshikda eshik" (DUAL DOOR-IN-DOOR) funksiyali muzlatgichi Italiyaning dizayn sohasidagi mavqega ega mukofotiga sazovor bo‘ldi

Ishtirok etilgan birinchi yilning o‘zidayoq kompaniya obro‘li Compasso d’Oro mukofotini qo‘lga kiritdi.
LG Electronics muzlatgichlaridagi original dizayn - ikkitalik "Eshikda eshik" (Dual Door-in-Door) funksiyasi uchun xalqaro, obro‘li Compasso d’Oro mukofotini qo‘lga kiritdi.
Kompaniya “Dizayn va yegulik tayyorlash uchun asboblar” yetakchi kategoriyasidagi bosh sovringa ega bo‘ldi. Yevropadagi qadimiy va eng hurmatga sazovor mukofotlardan sanalgan Compasso d’Oro (“Oltin kompass”)ga 1954 yilda “Italiyada tayyorlangan” mahsulotlarni e'tirof etish maqsadida asos solingan.

Mukofotning tashkilotchisi Sanoat dizaynerlari uyushmasidir (Associazione per il Disegno Industriale (ADI), “Oziq-ovqat sohasidagi dizayn” esa bu yilning mavzusi etib tanlandi. 2015 yilda tanlov Italiyadan tashqaridagi ishtirokchilar uchun ilk marotaba ochildi, bu esa LG kompaniyasini Compasso d’Oro xalqaro mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi xorijiy kompaniyalari qatoriga kiritdi. Tanlov ishtirokchilari uchta asosiy mezon bo‘yicha baholandilar: Innovatsiyalar, Kommunikativ sifatlar va Ratsionallik. Mukofotni rasmiy topshirish marosimi 2 dekabr kuni Milan shahrida bo‘lib o‘tdi.

LG’ ning “Eshikda eshik” (Door-in-Door) konsepsiyasi foydalanuvchilarga eng ko‘p foydalaniladigan mahsulotlarni tezlik bilan olish, bir vaqtning o‘zida sovuq havo yo‘qotilishini kamaytirib, muzlatgichlar dizaynida inqilob yasadi. LG kompaniyasi qulaylikni oshirish maqsadida “Eshikda eshik” (Dual Door-in-Door) konsepsiyasida yana bir qadamni amalga oshirdi. “Eshikda eshik” texnologiyasi sovuq havo yo‘qotilishini 47 foizga kamaytiradi, “Eshikda eshik” (Door-in-Door)ning ikkinchi mustaqil qismi qo‘shilgani sababli sovuq havoni yo‘qotish ko‘rsatkichi yanada kamaydi.

Biroq dizayn sohasidagi innovatsiyalar tashqi ko‘rinish bilangina cheklanib qolmaydi. Ikkitalik "Eshikda eshik" (Dual Door-in-Door) muzlatgichlarining turli bo‘linmalari undan foydalanishni osonlashtiradi. Tugmani bir marta bosish bilan “Oila” bo‘linmasiga kirish mumkin, bu yer yemaklar va ichimliklar kabi tez-tez foydalaniladigan mahsulotlarni saqlash uchun mos keladi. Chap tomondagi “Tayyorlash uchun mahsulotlar bo‘linmasi” eshikning past qismida yashiringan ochish dastagi Easy-Open yordamida ochiladi, bu yerda ovqat tayyorlash uchun asosiy mahsulotlar, masalan to‘g‘ralgan sabzavotlar, ziravorlar va souslar saqlanishi mumkin.

Professionallar tomonidan yaratilgan LG’ning ikkitalik "Eshikda eshik" (Dual Door-in-Door) muzlatgichi dizayni pishirilgan shishadan ishlangan egilgan shishali qobiq bilan to‘ldirilgan. Qora suratda ishlov berilganligi esa o‘zgacha dizaynni yaratadi, bu bir vaqtning o‘zida estetik ruh bahsh etib, dog‘lar va barmoq izlari paydo bo‘lishiga chidamli, unga doimo chiroyli ko‘rinishda bo‘lish imkoniyatini beradi.

“Biz juda mamnunmiz va obro‘ga ega mazkur mukofot hamda e'tirofni qo‘lga kiritgan xalqaro kompaniyalarning birinchilaridan bo‘lish biz uchun katta sharaf”, - deydi LG Electronics kompaniyasining korporativ dizayn markazi rahbari No Chang-xo (Noh Chang-ho). - Compasso d’Oro 2015 xalqaro mukofotining yanvar oyida taqdim etilishi LG kompaniyasining maishiy texnika sanoatida yetakchi ekanligidan dalolat beradi.

Top