13:48 / 19.12.2015
4668

NASA Apollo missiyasi suratga olgan Yer tasvirining zamonaviy rimeykini ko‘rsatdi

LRO (Lunar Reconnaissance Orbiter) orbital apparati Yer sayyorasining Oy fonidagi yuqori sifatli suratini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Tasvirda Atlantika okeani va Afrika ko‘ringan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, bu surat 43 yil muqaddam Apollo 17 missiyasi chog‘ida astronavt Xarrison Shmitt tomonidan olingan tasvirni eslatadi.

“Tasvir juda ajoyib chiqdi”, — tasdiqladi LRO missiyasi ilmiy rahbari o‘rinbosari Noax Petro (Goddard kosmik parvozlari markazi, Grinbelt, Merilend shtati. U olingan tasvirni Apollo 17ning mashhur illyustratsiyasi bilan qiyosladi.

Top