10:55 / 19.12.2015
2769

OAV: BMT Xavfsizlik Kengashining veto huquqiga ega a'zolari Suriya bo‘yicha rezolyutsiya matnini ma'qulladi

BMT Xavfsizlik Kengashining veto huquqiga ega bo‘lgan beshta a'zosi Suriya bo‘yicha rezolyutsiyaning yakuniy matnini ma'qulladi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Diplomatik manbalarga tayanilgan holda keltirilishicha, AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauer qolgan 10 davlat vakillari bilan qo‘ng‘iroqlashib, ularning ham roziligini olgan.

Hujjatda ta'kidlanishicha, mamlakatda siyosiy o‘tish davriga yarim yil ajratiladi. Bundan tashqari, bir yarim yil ichida mamlakatda saylovlar o‘tkazish qarori ham hujjatda aks etdi.

Top