06:46 / 19.12.2015
6193

Obama 40 yil davom etgan AQShdan neft eksport qilishga taqiqlovni bekor qildi

AQSh prezidenti Barak Obama 18 dekabrda 2016 yil uchun mamlakatning federal byudjyetini imzoladi va shu tariqa 40 yil davom etgan AQShdan neft eksport qilishga taqiqlovni bekor qildi.         

AQShning 2016 moliyaviy yil uchun byudjyeti hajmi 1,15 trln dollarni tashkil qildi. Avvalroq Kongressda ma'qullangan hujjatda bir qator federal muassasalar, jumladan davlat departamenti va milliy xavfsizlik vazirligining moliyalashtirilishi ko‘rsatilgan. Bu hujjatga Pentagon byudjyeti kiritilmagan, u avvalroq alohida qabul qilingan.

Oq uy va demokratlar ginekologiya sohasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi va tadqiqotlar o‘tkazuvchi “Oilani rejalashtirish” tashkilotining moliyalashtirilishini saqlab qolishga hamda suriyalik qochqinlarni qabul qilish uchun ajratiladigan mablag‘larni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Hujjatda, shuningdek, AQShdan neft xom ashyosining eksport qilinishiga taqiqlovning bekor qilinishi ham qayd qilingan. Bu taqiqlov 1975 yilda, Yaqin Sharqdagi ixtilof tufayli yuz bergan energetik inqiroz davrida kiritilgandi, unga ko‘ra AQSh kompaniyalariga xorijga faqatgina neftni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, jumladan benzin yetkazib berishgagina ruxsat berilgan.    

Embargoning bekor qilinishi tarafdorlarining ta'kidlashicha, AQShda neft olishning o‘sishi sharoitida bu holat butun AQSh iqtisodiyoti uchun ijobiy ta'sir qiladi. Unga qarshi chiqayotganlar esa bu faqatgina yirik energetik kompaniyalar uchungina foydaliligini va iste'molchilar manfaatlariga ziyon yetkazishini ta'kidlamoqdalar.

Top