14:05 / 19.12.2015
2672

Polsha-O‘zbekiston tovar aylanmasi hajmi 20 foizga qisqardi

Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasining savdo va investitsiyalarga ko‘mak berish bo‘limi keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, 2015 yilning 10 oyi mobaynida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga tushib ketib, 113 mln dollarni tashkil qilgan.

Bo‘lim boshlig‘i v.b. Yatsek Mixalskining so‘zlariga qaraganda, Polsha eksporti hajmi 20 foizga, O‘zbekistondan import qilish hajmi esa 23 foizga tushib ketgan.
“Xolis tahlil shuni ko‘rsatadiki, tovar aylanmasi hajmining qisqarishi asosan tashqi omillar, shu jumladan, talabning butun jahon miqyosida qisqarishi, shuningdek, Rossiya va YeIning ikki tomonlama sanksiyalari tufayli logistikaning qiyinlashishi bilan bog‘liqdir”, - uning so‘zlarini keltiradi “Novosti Uzbekistana” nashri.

Top