08:21 / 19.12.2015
5677

Xitoylik milliarder yo‘qolgani haqidagi gaplardan keyin AQShda topildi

Xitoylik milliarder, Fosun Group kompaniyasi rahbari Go Guanchan aksilkorruptsion tergov yuzasidan olib borilayotgan ish bo‘yicha qo‘lga olingani haqidagi mish-mishlar ortida sirli yo‘qolganidan keyin bir hafta o‘tib Nyu-Yorkda ko‘rinish berdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Ta'kidlanishicha, Go Guanchanning Manxettendagi restoranlardan birida kechki ovqat tanovul qilayotgani tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor hukumat tomonidan bir maxsus tergovda ishtirok etgani haqidagi izohlar bilan paydo bo‘la boshladi.     

Mojaro o‘tgan haftada, Fosun top-menejyerlari Guanchan bilan aloqani yo‘qotib qo‘yganlaridan keyin yuz berdi. Oqibatda top-menejyerlar kompaniyaning aksiyalarini Gonkong birjasida sotishni to‘xtatib qo‘yishdi.

Kompaniya vakili Fosun rahbari keyingi haftada Monrealga borishini tasdiqladi. Jahon OAVlari Go Guanchanni Xitoyning Uorren Baffeti deb ataydilar. 2015 yilda u Forbes talqini bo‘yicha xitoylik milliarderlar orasida 34-o‘rinni egallagan. Guanchanning boyligi 2,12 mlrd dollarga baholanmoqda.

Avvalroq Fosun International AQShning tijoriy ko‘chmas-mulk brokeri Cushman & Wakefield Inc. kompaniyasini sotib olish ehtimolini qo‘rib chiqayotgani ma'lum qilingandi.

Top