15:50 / 19.12.2015
15323

Yangi avlod Chevrolet Niva’ning suratlari oshkor etildi

Internetda ikkinchi avlod Chevrolet Niva yo‘ltanlamasining suratlari paydo bo‘ldi. Suratlar Rossiyaning Rospatent agentligi bazasida joylashtirildi.

Ekspertlarning suratlar asosida xulosa qilishicha, model 2014 yili Moskva avtosalonida ko‘rsatilgan shu nomli kontsept-kar uslubida ishlangan. Prototip 1.8 l li 135 ot kuchiga ega Peugeot dvigateli, 5 bosqichli mexanik transmissiya bilan ta'minlangan.
Mashinani ishlab chiqarish 2015 yilning oxirida Tolyattidagi GM-AvtoVAZ zavodida boshlanishi kutilayotgan edi.

Korxona qurilishining boshlanishi 2013 yilning o‘rtasida e'lon qilingan edi. May oyida korxona qurilishi vaqtinchalik to‘xtatilgani aytildi. Endilikda loyiha davom etishi e'tirof etilmoqda.

Top