15:53 / 20.12.2015
3103

Blatter: FIFA axloq-odob qo‘mitasi menga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni bekor qildi

FIFA prezidenti Yozef Blatterning aytishicha, axloq-odob qo‘mitasi menga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni bekor qildi. Bu haqda u Shveytsariyaning “Blik” nashriga xabar bermoqda.

Shu hafta o‘rtasida 79 yoshli Blatter FIFA shtab-kvartirasiga advokati Lorentso Erni bilan bordi. Korrupsiya ayblovi bo‘yicha 90 kunga futbol faoliyatidan chetlashtirilgan funktsioner axloq-odob qo‘mitasining 8 soat davom etgan yig‘ilishida ishtirok etib, o‘z pozitsiyasini himoya qilib chiqdi. Yakuniy verdikt dushanba kuni peshinda chiqarilishi kutilmoqda. O‘sha kunga Blatter matbuot anjumani ham rejalashtirgan.

Blatter, korrupsiyadan tashqari, jinoiy mas'uliyatsizlikda ham ayblangan edi.

Top