20:41 / 20.12.2015
3128

BMT to‘qnashuvlar sababli Yamandagi muzokaralar to‘xtaganini e'lon qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yamanda o‘zaro urushayotgan tomonlar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari mamlakatdagi jangovor harakatlar sababli to‘xtaganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.

BMTning Yamandagi maxsus elchisi Ismoil Uld Shayh Ahmad Shveytsariyada yopiq tartibda boshlangan Yamandagi qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda 15 dekabrda yarashuv boshlanganini e'lon qildi. 7 kunlik o‘t ochishning to‘xtatilishi mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da butun Yaman hududi bo‘ylab kuchga kirgan. Biroq 18 dekabrda ixtilofning ikki tomoni yarashuvni buzdi: prezident Hodiyni qo‘llab-quvvatlovchilar hujumga o‘tdilar, ularga qarshi kurashayotgan husiychilar Saudiya Arabistoni hududiga ballistik raketalar uchirdi.

19 dekabrda kamida 68 nafar odam mamlakatning shimoli-g‘arbidagi janglarda halok bo‘ldi. Hodiyni qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shinlar bir yildan ko‘proq vaqt avval husiychilar tomonidan bosib olingan Yaman poytaxti Sanodan bor-yo‘g‘i 40 km uzoqlikda turibdilar.

Top