16:41 / 20.12.2015
8298

Boku: Armaniston-Ozarbayjon harbiy jabhasida 18 harbiy halok bo‘ldi

Armaniston va Ozarbayjonning qurolli to‘qnashuvi zonasida ikki tomondan 18 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligiga tayangan holda Trend nashri xabar bermoqda.

“Oxirgi sutka davomida Ozarbajon qurolli kuchlari Armaniston qurolli kuchlarining diversiya harakatlarini bartaraf qilishdi va dushman pozitsiyalariga aniq zarbalar berdi. Javob o‘t ochish davomida armanistonlik 2 harbiy xizmatchi yo‘q qilindi, 4 nafari yaralandi”, - deyiladi xabarnomada.

Aytilishicha, hafta davomida jami 18 harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 20 nafar yaralangan.
Idora Ozarbayjondan 1 nafar harbiy halok bo‘lganini xabar qildi.

Top