19:46 / 20.12.2015
4502

Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari Suriya va Iroqda jangarilar pozitsiyalariga navbatdagi zarbalarni berdi

Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari 19 dekabrda Suriya va Iroqda IShID jangarilari pozitsiyalariga navbatdagi kuchliroq zarbalarni berdi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, bombardimonlarda ishtirok etayotgan Typhoon, Tornado samolyotlari va Reaper uchuvchisiz parvoz qurilmasi “2014 yilda terrorchilar tomonidan Iroqning bosib olingan hududining 40 foizini jangarilardan ozod qilgan iroqlik va kurd qo‘shinlariga samarali qo‘llab-quvvatlashni ta'minlamoqda”.

Top