10:16 / 20.12.2015
2478

Dide Drogba "Chelsi"ga murabbiy yordamchisi bo‘lib qaytishi mumkin

Hozirda “Monreal Impekt”da to‘p surayotgan “Chelsi”ning sobiq hujumchisi Dide Drogba Londonga qaytishi mumkin.

France Football bergan ma'lumotga ko‘ra, “Chelsi” rahbari Roman Abramovich 37 yoshli futbolchiga jamoa yangi murabbiyi Gus Xiddinkga yordamchi bo‘lishni taklif qildi.

Drogba Londonga kelgan va “Chelsi”ning so‘nggi “Sanderlend”ga qarshi kechgan uchrashuviga tashrif buyurib, o‘yinni Roman Abramovich hamda Gus Xiddink bilan tomosha qildi.

Ta'kidlanishicha, “Chelsi” futbolchining hozirgi jamoasi bilan ham muzokaralar olib bormoqda va kelishuv haqida dushanba kuni e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Top