22:29 / 20.12.2015
3233

Keniya Air France samolyoti bortida shubhali buyum topilgani haqidagi xabardan “bomba” so‘zini olib tashladi

Keniyaning aeroportlar boshqarmasi Air France samolyoti bortida shubhali buyum topilgani haqidagi xabardan “bomba” va “portlovchi modda” degan so‘zlarni o‘chirib tashladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Boshqarmaning feysbukdagi sahifasida dastlab mamlakat xavfsizlik xizmatlari portlatishga urinishning oldini olib, bombani xavfsiz joyga olib ketgani haqida ma'lumot joylashtirilgan.

Keyinroq xabarga tuzatishlar kiritilgan, unga ko‘ra “shubhali buyum” aeroport tashqarisiga olib chiqib ketilgani aytilgan. Voqea tergov qilinmoqda.

Air France aviakompaniyasining Mavrikiy — Parij reysi bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan samolyoti uning hojatxonasida shubhali buyum topilgandan keyin Keniyaning Mombasa aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyotda hammasi bo‘lib 459 yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan, ularning barchasi evakuatsiya qilingan.

Top