15:49 / 20.12.2015
6867

O‘zbekistonda tranzit bilan Qozog‘istonga 33 kg narkotik olib o‘tishga bo‘lgan harakat to‘xtatib qolindi

O‘zbekiston chegara xizmati xodimlari tomonidan Tojikistondan Qozog‘istonga narkotik moddalar olib o‘tishga bo‘lgan urinish to‘xtatib qolindi. O‘zbekiston chegara naryadi “Bekobod-temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida Xo‘jand-Aris yuk poyezdi ichida olib ketilayotgan 33.2 kg narkotik moddalarni aniqladi va ushlab qoldi.

Giyohvand moddalar maxsus yasalgan va ko‘zdan nari qilingan idishda topildi. U Tojikistondan Qozog‘istonga yuk olib ketayotgan vagon ichida berkitilgan edi. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top