18:24 / 20.12.2015
20252

Peskov: Kreml “Katta O‘rta Osiyo” atamasidan tashvishda

Kreml siyosatshunoslar orasida “Katta O‘rta Osiyo” atamasining paydo bo‘lishidan xavotirda. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov matbuot anjumani chog‘ida xabar qildi.

“Katta Yaqin Sharq” haqida gapira boshlashganida, bu, adashmasam, o‘tgan asr oxiri edi, mutaxassislar bu terminologiyani qo‘llay boshladi, va bu terminologiya yetakchilar tomonidan ham qo‘llandi. Bir muddat bu akademizmga o‘xshadi, chunki uning amaliy mazmuni ko‘rinmagan edi”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

Ayni paytda, uning fikricha, bunday atamani qo‘llash retrospektsiya bo‘ladi, negaki “avvaliga boshqariluvchi xaos bilan cheklanishi lozim bo‘lgan” “rangli inqilob”lar silsilasi aynan “Katta Yaqin Sharq” deb atalgan mintaqada yuz berdi. Bu bilan u “Katta O‘rta Osiyo” mintaqasida ham bunday harakatlar kuzatilishi mumkinligiga ishora qildi.

Top