Qirg‘iziston hududida 19 dekabrda 30 km chuqurlikda 4,6 magnitudali zilzila yuz berdi.
Bu haqda Qozog‘iston ta'lim vazirligining fan qo‘mitasi seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi saytida ma'lum qilindi.
Zilzila markazi Olmaotadan janubi-sharqiy yo‘nalishda 254 km uzoqlikda bo‘lgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot berilmagan.