15:48 / 20.12.2015
3259

Rustam Mirsodiqov “Metallurg”ni yangi mavsumga tayyorlaydi

Bekobodning “Metallurg” jamoasi 21 dekabrda Chirchiqda yangi bosh murabbiy Rustam Mirsodiqov boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi.

Klub matbuot xizmatining ma'lumotlariga qaraganda, jamoa katta murabbiyi lavozimiga XXII Osiyo o‘yinlari chempioni, O‘zbekistonning 3 karra chempioni, 2 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi Fevzi Davletov tayinlangan. Uning yordamchilari esa XXII Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 5 karra O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston Kubogi sohibi Abduqahhor Ma'rufaliyev hamda klub tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri Ilyos Qurbonovlar bo‘lishdi.

Ilgari xabar qilinganidek, O‘zbekiston futbol federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi byurosi “Paxtakor” va “Metallurg” o‘rtasidagi 24 sentabrda o‘tgan bahs sport etikasiga zid kelgan deb hisobladi. Shu bois “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning litsenziyasi 2015 yil mavsumining oxiriga qadar to‘xtatilgan edi.

Top